LLumi
PRIVACY POLICY

Lumi maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 20 oktabr 2026 · HALLAYM / Lumi

Lumi’ga qaytish

1. Biz qanday ma’lumotlarni qayta ishlaymiz

Lumi akkaunt yaratish va platformani ishlatish uchun ism, username, telefon raqami, ixtiyoriy profil ma’lumotlari, parolning xavfsiz hash qiymati, postlar, storylar, chat xabarlari va siz yuklagan media fayllarni qayta ishlaydi. Like, comment, save, share, ko‘rish va dwell-time kabi ilova faolligi feed tavsiyalari, Lumi ichidagi homiylik kampaniyalarini qiziqishlarga moslashtirish, reklama chastotasini cheklash, xavfsizlik va analytics uchun ishlatilishi mumkin.

For You onboardingida foydalanuvchi o‘zi tanlagan lifestyle, beauty, fashion, gaming, tech, education va shunga o‘xshash ochiq mavzular saqlanishi mumkin. Creator Mode yoqilsa creator holati va tanlangan kontent yo‘nalishi saqlanadi. Lumi ushbu funksiyalar uchun sog‘liq, din, siyosiy qarash, jinsiy hayot yoki boshqa sezgir xususiyatlarni infer qilishni maqsad qilmaydi.

Texnik xavfsizlik uchun sessiya identifikatori, xesh qilingan IP belgisi, browser/app user-agent va vaqt tamg‘alari saqlanishi mumkin. Lumi aniq GPS lokatsiya, kontaktlar, sog‘liq yoki moliyaviy ma’lumotlarni talab qilmaydi.

2. Kamera, fayllar va media upload

Kamera faqat foydalanuvchi kamera funksiyasini o‘zi ochganda surat olish uchun ishlatiladi. Kamera preview qurilmada ko‘rsatiladi; surat faqat siz “yuborish”ni tanlaganingizda serverga uzatiladi. Galereya/fayl tanlash ham faqat siz tanlagan fayllar uchun ishlaydi. Lumi Android mikrofonga ruxsat so‘ramaydi.

Web/PWA’da katta rasm va videolar server xotirasida to‘liq ushlab turilmasdan oqim tarzida Cloudflare R2 obyekt saqlash tizimiga uzatilishi mumkin. Upload endpoint faqat Lumi qo‘llaydigan rasm/video MIME turlarini qabul qiladi va hajm cheklovlarini qo‘llaydi.

3. Saqlash va xizmat ko‘rsatuvchilar

Asosiy ilova serveri Render infratuzilmasida ishlaydi. Strukturaviy akkaunt va ijtimoiy ma’lumotlar MongoDB’da, foydalanuvchi yuklagan rasm/video/fayllar Cloudflare R2 obyekt saqlash tizimida saqlanishi mumkin. Bu provayderlar ma’lumotlarni Lumi nomidan xizmat ko‘rsatuvchi sifatida qayta ishlaydi.

Web-versiya ayrim hollarda uchinchi tomon reklama tarmog‘i creative’larini ko‘rsatishi mumkin. Google Play Android buildida uchinchi tomon network reklama slotlari o‘chirib qo‘yiladi; Lumi ichki, aniq “Reklama” deb belgilangan kampaniyalar qolishi mumkin. Lumi ichki targeting signallarini reklama beruvchiga alohida foydalanuvchi profili sifatida bermaydi.

4. Maqsadlar

Ma’lumotlar akkaunt yaratish va autentifikatsiya, UGC/post/story/chat funksiyalari, spam va suiiste’molni aniqlash, report va block tizimlari, feed personalizatsiyasi, analytics, Lumi ichki reklama/marketing kampaniyalarini moslashtirish va chastotasini boshqarish hamda texnik xavfsizlik uchun ishlatiladi. Foydalanuvchi tanlagan qiziqishlar cold-start feedni yaxshilash uchun ishlatiladi.

5. Ma’lumotlarni sotish va ulashish

Lumi foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini sotmaydi. Ma’lumotlar faqat platformani ishlatish uchun zarur xizmat ko‘rsatuvchilarga, foydalanuvchining o‘zi tanlagan ulashish funksiyalariga yoki qonuniy majburiyat bo‘lsa tegishli vakolatli tomonga berilishi mumkin. Tashqi reklama/havolani bosganda siz o‘sha tashqi xizmatga o‘tasiz va ularning o‘z privacy qoidalari amal qiladi.

6. Xavfsizlik va offline cache

Transport HTTPS orqali shifrlanadi, parollar ochiq matnda saqlanmaydi, server credential va storage kalitlari Android ilova ichiga joylanmaydi. Kirish sessiyalari bekor qilinishi mumkin. PWA offline cache faqat statik shell va ommaviy discovery/trending sahifalariga qo‘llanadi; shaxsiy feed, chat va settings HTML’i service-worker cache’da saqlanmaydi.

7. Eksport, saqlash muddati va o‘chirish

Akkaunt markazidan foydalanuvchi o‘z profil va kontent ma’lumotlarining JSON eksportini yuklab olishi mumkin. Fresh rejimida yangi e’lon qilingan postlar 24 soat, yangi chat xabarlari 48 soat faol bo‘ladi. Muddati tugagach ular sahifalardan yashiriladi, so‘ng fayllari va bog‘liq yozuvlari avtomatik tozalanadi. Qoralama va arxivlarda saqlash qoidalari farq qilishi mumkin; highlighted Storylar alohida saqlanishi mumkin. Eski ma’lumotlar yangilashdan oldin qo‘llangan qoidalar bo‘yicha saqlanadi, ular uchun alohida migratsiya o‘tkazilishi mumkin. Texnik zaxiralar, xavfsizlik va qonunan talab qilinadigan moderatsiya yoki moliyaviy yozuvlar boshqa muddatda saqlanishi mumkin. Akkauntni o‘chirish so‘rovi tasdiqlanganda Lumi live MongoDB ma’lumotlari va tegishli Cloudflare R2 media obyektlarini o‘chirishga harakat qiladi. Xizmat provayderining texnik backup nusxalari mavjud bo‘lsa, ular provayderning odatiy backup-rotation muddati tugaguncha vaqtincha qolishi mumkin va aktiv foydalanish uchun qayta tiklanmaydi.

Akkaunt va data markazi Akkaunt va ma’lumotlarni o‘chirish

8. 18+ va UGC

Lumi 18 yosh va undan katta foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. UGC foydalanuvchilar tomonidan yaratiladi. Objectionable, noqonuniy, zo‘ravonlik, nafrat, jinsiy ekspluatatsiya, scam, harassment va huquqbuzarlik kontenti taqiqlanadi. Report va block vositalari ilova ichida mavjud; moderator/admin reportlarni ko‘rib chiqishi va kontent/akkaunt bo‘yicha choralar ko‘rishi mumkin.

9. Bog‘lanish

Privacy savollari va ma’lumot bo‘yicha murojaatlar: hallaymstore@gmail.com. Developer/entity: HALLAYM, Lumi.